«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

200-modda. Jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ishni qo'zg'atish va ko'rib chiqishning o'ziga xos xususiyatlari

Qarzdor jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay sudya arizani qabul qilish va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni qo'zg'atish yoxud arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimni chiqaradi. Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni qo'zg'atish haqidagi ajrimda sud qarzdor jismoniy shaxsning zimmasiga sudning ajrimi olingan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddat ichida sudga ushbu Qonunning 198-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holdagi yozma fikrini taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Agar jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ariza qarzdor jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo'lsa, bu qoida qo'llanilmaydi. Sud jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimni; jismoniy shaxsni bankrot deb topish va jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi qarorni; arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorni. Agar boshqacha holat isbotlanmagan bo'lsa, quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo'lgan taqdirda, jismoniy shaxs to'lovga qobiliyatsiz deb hisoblanadi: pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlarni to'lash bo'yicha majburiyatlar umumiy summasining o'n foizidan ko'prog'i bunday majburiyatlar bajarilishi kerak bo'lgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq vaqt davomida bajarilmaganda; jismoniy shaxs qarzining miqdori uning mol-mulki qiymatidan ortiq bo'lganda; ijroga doir ish yuritishni jismoniy shaxsda mol-mulk mavjud emasligi munosabati bilan tugatish to'g'risida qaror mavjud bo'lganda. Jismoniy shaxsga nisbatan meros ochilganligi haqida ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda, sud jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish yuritishni merosning taqdiri haqidagi masala hal qilinguniga qadar to'xtatib turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Jismoniy shaxs (oddiy odam) qarzlarini to'lay olmasa, sud uning to'lovga qobiliyatsizligini (bankrotligini) tekshiradi. Sudya arizani besh kun ichida qabul qiladi yoki rad etadi. Agar shaxs haqiqatan qarz to'lay olmasa va uning mulki qarzdan kam bo'lsa, sud uni bankrot deb e'lon qiladi. **Kimga tegishli** Bu qonun jismoniy shaxslar (oddiy odamlar) va ularning qarzlarini to'lay olmasligi holatiga tegishli. **Amalda** Oqil aka o'z do'konini yopdi va 50 million so'm qarz qoldi. Uning mulkining qiymati 30 million so'm. U sudga ariza berdi. Sud 5 kun ichida ishni qo'zg'atti va Oqil akani bankrot deb e'lon qildi. Endi uning mulki sotiladi va pul qarzga beriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.