«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

199-modda. Kreditorning, davlat soliq xizmatining yoki boshqa vakolatli organning jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizasi

Jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza kreditor, davlat soliq xizmati yoki boshqa vakolatli organ tomonidan kreditorlarning pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlariga doir talablarini tasdiqlovchi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo'lgan taqdirda berilishi mumkin, bundan ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan sud qarori mavjud bo'lmagan taqdirda, jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi ariza kreditor tomonidan quyidagi talablar bo'yicha berilishi mumkin: notarial tarzda tasdiqlangan bitimlar asosidagi talablar; notariusning ijro yozuvi bilan tasdiqlangan talablar; jismoniy shaxs tomonidan tan olingan, ammo bajarilmagan pul majburiyatlari bo'yicha kreditor taqdim etgan hujjatlar asosidagi talablar; otalikni belgilash, otalikni (onalikni) rad etish yoki boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish zarurati bo'lmagan voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to'g'risidagi talablar. Jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizaga ushbu Qonunning 41 — 43-moddalarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor maqomi mavjudligini yoki yo'qotilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar (agar bunday faoliyat bilan shug'ullangan bo'lsa) ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.