«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

195-modda. Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari

Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatini to'liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.