«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

190-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilish bo'yicha quruvchining to'lovga qobiliyatsizligining o'ziga xos xususiyatlari

Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, quruvchining to'lovga qobiliyatsizligi bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan, qarzdor yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligini tartibga soladigan qoidalar bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qurilish faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi ham ulush kiritish asosidagi qurilish bo'yicha quruvchining (bundan buyon matnda quruvchi deb yuritiladi) to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsdir. Qurilish ob'yektini mulk huquqi asosida olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish shartnomasini tuzgan shaxsni (bundan buyon matnda ulushdor deb yuritiladi) sud boshqaruvchisi o'zi tayinlangan kundan e'tiboran o'n kun ichida quruvchiga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilganligi haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Qurilish ishtirokchilarining mablag'lari va (yoki) ulush kiritish asosidagi qurilish bo'yicha ishtirokchilarining mablag'lari jalb etilgan qurilishi tugallanmagan ob'yektlar (ko'p kvartirali uylar), infratuzilma ob'yektlari va (yoki) ularga qo'shilgan muhandislik-texnologik ob'yektlar kreditorlar yig'ilishi qaroriga asosan Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag'larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro'yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan boshqa qurilish tashkilotiga (bundan buyon matnda boshqa qurilish tashkiloti deb yuritiladi) qurilish ishlarini tugallash maqsadida topshirilishi mumkin. Bunda quruvchining ulushdorlar bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlari ushbu ob'yektlarni qurilishni tugallash maqsadida qabul qilib olgan boshqa qurilish tashkilotiga o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qurilish faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining takliflari asosida qurilish ob'yektini Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag'larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro'yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan boshqa qurilish tashkilotiga topshirish tartibi belgilanadi. Quruvchiga, boshqa qurilish tashkilotiga topshiriladigan qurilish ob'yektlarining (ko'p kvartirali uylarning), infratuzilma ob'yektlarining va (yoki) ularga qo'shilgan muhandislik-texnologik ob'yektlarning qiymati tugatish boshqaruvchisi qarzdor quruvchining mablag'lari hisobidan jalb etgan baholovchi tomonidan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ulush kiritish asosidagi qurilishda quruvchi bankrotga uchrasa, ulushdorlarning puli himoyalangan bo'ladi. Agar qurilish tugallanmagan bo'lsa, boshqa qurilish tashkiloti uni tugallashni davom ettiradi. Quruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkilotga o'tkaziladi. **Kimga tegishli** Bu qoida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etuvchi shaxslar, quruvchi va boshqa qurilish tashkilotlariga tegishli. **Amalda** Ota-ona ko'p qavatli uyning bitta kvartirasi uchun pul to'ladi. Quruvchi bankrotga uchrasa, sud boshqaruvchisi ulushdorni xabardor qiladi. Boshqa qurilish tashkiloti qurilishni tugallashni davom ettiradi va ota-onaning puli yo'q bo'lmaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.