«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

159-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki

(159-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga) yoki qarzdorning mol-mulki egasiga beriladi. Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini to'lash hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritish to'g'risida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan e'tiboran o'n kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditor tomonidan xabarning belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki to'g'risida kreditorlar mazkur mol-mulkni o'z talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yozma shaklda xabardor qiladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xabarnoma olingan paytdan e'tiboran o'n besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni to'laydi. Mol-mulkni qabul qilish rad etilgan yoki uni qabul qilishdan bo'yin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga undash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sud mol-mulk topshirilganligi to'g'risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mulkni o'z talablarini qanoatlantirish uchun qarzdor yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning belgilangan muddatida qabul qilishni rad etgan bo'lsa, davlat mulkiga o'tadi hamda tugatish boshqaruvchisi uni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining balansiga topshiradi. Sud mol-mulk topshirilganligi to'g'risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.