«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

143-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish

Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishni tugatish boshqaruvchisi ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarda quyidagilar bo'lishi kerak: qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va boshqa rekvizitlari; to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan sudning nomi va ishning tartib raqami; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida sud qaror qabul qilgan sana; kreditorlar talablarini qo'yishning belgilangan muddati, bu muddat mazkur e'lon chiqqan sanadan e'tiboran bir oydan kam bo'lishi mumkin emas; kreditorlar tomonidan qarzdorga o'z talablarini bildirish uchun qarzdorning joylashgan yeri (pochta manzili) va (yoki) elektron pochta manzili (mavjud bo'lgan taqdirda); tugatish boshqaruvchisi to'g'risidagi ma'lumotlar. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ma'lumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish uchun yuborishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.