Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud bo'lganda kreditorlar yig'ilishini chaqirish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag'lari to'plangan taqdirda kreditorlar yig'ilishi ko'rib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yig'ilishi tomonidan hisobotni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan bo'lsa, sudga hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar bo'lishi kerak:
qarzdorning so'nggi hisobot sanasidagi holatga ko'ra buxgalteriya balansi;
pul mablag'larining harakati to'g'risidagi hisobot;
qarzdorning moliyaviy natijalari haqidagi hisobot;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qaratilishi mumkin bo'lgan bo'sh pul mablag'lari bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari haqidagi ma'lumotlar;
qarzdorning kreditorlik qarzini to'lash imkoniyati to'g'risidagi boshqa ma'lumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan bo'lishi kerak.
Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yig'ilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
qarzdorning to'lov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga o'tish to'g'risidagi;
kelishuv bitimi tuzish haqidagi;
tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish to'g'risidagi;
tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
132-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.