Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarini undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o'zganing foydasiga voz kechish;
qarzdorning majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish;
qarzdorning qo'shimcha aktsiyalarini joylashtirish;
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
tijorat banklaridan, moliya institutlaridan qarz olish, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo'lgan shaxslardan mablag'lar jalb etish;
aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) kreditorlik qarzdorligi hisobiga ko'paytirish (qarzdorlikni aktsiyaga ayirboshlash) to'g'risidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etayotgan, ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bo'lgan aktsiyadorlarning to'rtdan uch qismidan iborat ko'pchilik (malakali ko'pchilik) ovozi bilan qabul qilinadi;
qarzdorning aktivlari o'rnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan sud ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan qarzdorning faoliyat ko'rsatmayotgan ob'yektlarini konservatsiya qilish to'g'risida ajrim chiqarishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
125-modda. Qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.