Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yig'ilishida ko'rib chiqiladi, yig'ilish tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e'tiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi zaruratga qarab barcha kreditorlarga kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabar qiladi hamda mazkur yig'ilish o'tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta'minlaydi.
Kreditorlarning yig'ilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruv rejasi, agar yig'ilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan ko'prog'i uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Kreditorlarning yig'ilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to'g'risidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini o'z vazifasini bajarishdan bir vaqtning o'zida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzodni tasdiqlagan holda ozod qilish haqidagi tegishli iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to'g'risidagi qaror. Mazkur qarorda tashqi boshqaruvning yangi rejasini ko'rib chiqish uchun kreditorlarning keyingi yig'ilishi chaqiriladigan sana nazarda tutilgan bo'lishi va bu muddat kreditorlarning yig'ilishi mazkur qarorni chiqargan kundan e'tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Kreditorlar yig'ilishida tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va kreditorlar yig'ilishining bayonnomasi kreditorlar yig'ilishi o'tkazilgan sanadan e'tiboran ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan sudga taqdim etiladi.
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda sudga tashqi boshqaruv rejasi taqdim etilmagan bo'lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
123-modda. Tashqi boshqaruv rejasini ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.