Qarzdor mol-mulkining egasi yoki ta'sis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish bo'yicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig'ilishining yoki kreditorlar qo'mitasining roziligi bilan tuziladi.
Balans qiymati qarzdorning ko'chmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining o'n foizidan ko'prog'ini tashkil etadigan boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlar jumlasiga kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs bo'lsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
118-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.