«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

113-modda. Tashqi boshqaruvchini o'z vazifasini bajarishdan ozod etish

Tashqi boshqaruvchi o'z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud tomonidan ozod etilishi mumkin: o'z arizasiga binoan; zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yig'ilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar yig'ilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod haqidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak; vakolatli davlat organining arizasi asosida; ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda. Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham o'z vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin. Tashqi boshqaruvchini o'z vazifasini bajarishdan ozod etish to'g'risidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.