Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)

3-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 3-band

Quyidagilar texnik ko'rikdan o'tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi bo'yicha samarali nazoratni tashkil etish; transport vositalari texnik holati va uskunalarining yo'l harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash; transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha boshqa ma'lumotlarini aniqlashtirish; yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish; yo'l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.