Transport vositalarining majburiy texnik ko'rigi (keyingi o'rinlarda — texnik ko'rik) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o'rinlarda — DYHXX) organlari hamda tadbirkorlik sub'yektlari — yuridik shaxslar (keyingi o'rinlarda — tadbirkorlik sub'yektlari) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o'tkaziladi.
Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko'rsatish stantsiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarga (davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari bundan mustasno) tegishli bo'lgan barcha (M, N, O, L) toifadagi transport vositalari tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan texnik ko'rikdan o'tkaziladi.
Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik ko'rikdan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnTransport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)
2-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 2-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.