Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi (VM qarori №125, 2021)

15-band. 2-bob. Transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazishni tashkil etish tartibi — 15-band

Transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasi: a) quyidagilarga muvofiq bo'lishi zarur: transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruktsiyasining foydalanish shartlari bo'yicha xavfsizligiga qo'yiladigan talablarga; avtotransport vositalariga o'rnatilgan gaz balloni uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o'tkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi o'rinlarda — STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi o'rinlarda — SNG) yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo'yiladigan talablarga; b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo'lishi lozim, shu jumladan: transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalari hamda ularning elektron tizimiga; pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga; avtomatik boshqaruvga ega bo'lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yo'lagi mavjud bo'lishiga; tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga; rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni o'lchash pribori hamda uning elektron tizimiga; rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga; chiroqlar yorug'ligini boshqarish va kuchini nazorat qilish pribori hamda uning elektron tizimiga; shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga; gaz analizatoriga — uchqundan o't oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo'lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori hamda uning elektron tizimiga; tutun o'lchash priboriga — siqilishdan o't oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo'lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga; dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o'lchash priboriga; shovqinni o'lchash priboriga; oynalarning yorug'lik o'tkazishini tekshirish pribori hamda uning elektron tizimiga; kompressorga; qinchali manometrga; zarur kompyuter texnikasiga va davlat raqami belgilarini aniqlovchi foto-videokuzatuv kameralari tizimiga. Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo'yicha talablarga muvofiq bo'lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin. Qo'llaniladigan barcha o'lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo'lishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o'tgan bo'lishi shart. Ushbu bandda ko'rsatilgan elektron tizimlar «Texnik ko'rik» moduliga majburiy integratsiya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Texnik ko'rik bazasi transport vositalarini tekshirish uchun zarur bo'lgan maxsus uskunalar va asboblardan iborat. Bunga tormoz tizimi, shinalar, chiroqlar, gaz analizatori, kamera va boshqa diagnostika vositalari kiradi. Barcha asboblar davlat standartlariga muvofiq bo'lishi va "Texnik ko'rik" moduliga ulangan bo'lishi kerak. **Kimga tegishli** Bu talablar avtotransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazadigan tashkilotlar va xizmat markazlariga tegishli. **Amalda** Avtotransport xizmati markazi tormoz tizimini tekshirish uchun maxsus stend, shinalarni tekshirish asbobini, gaz analizatorini va raqamli kameralarni o'rnatishi kerak. Barcha asboblar sertifikatlangan bo'lishi va davlat tizimiga ulangan bo'lishi shart.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.