Nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta'limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha ta'lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta'lim mustasno);
umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim;
professional ta'lim;
oliy ta'lim;
oliy ta'limdan keyingi ta'lim.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
57-modda. Nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
(57-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.