«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

4-modda. Ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar

Ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat: ta'lim ustuvorligining tan olinishi; ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi; ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi; ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg'unligi; ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.