Ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi printsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta'lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnoma (nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to'g'risidagi sertifikat (bundan qo'shimcha nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari mustasno), o'quv dasturi hamda ta'lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, o'quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar o'qishga o'z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta'lim tashkilotlariga (oliy ta'lim tashkilotlariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o'qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tashkilotlariga tanlov asosida o'qishga qabul qilish chog'ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni o'tkazish tartibi to'g'risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta'lim va professional ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to'lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta'lim muassasalari va tashkilotlariga o'qishga qabul qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish tartibi ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda, ushbu ta'lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O'zbekiston Respublikasining davlat ta'lim muassasalariga qabul qilish to'lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim tashkilotlariga davlat granti asosida o'qishga qabul qilish parametrlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish chog'ida imtiyozli kontingent uchun qo'shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
38-modda. Ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish
(38-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.