Ma'rifiy faoliyat shaxsning shaxsiy, intellektual va ma'naviy jihatdan kamol topishi, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qilish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan, davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanadi.
Ma'rifiy faoliyat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Jinoyat ishi bo'yicha ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan (sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to'g'risida qaror qabul qilinguniga qadar), jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarni, tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni, O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarni, firibgarlikni hamda boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni korruptsiyaga oid jinoyatlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shakllari, talablari va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn14¹-modda. Ma'rifiy faoliyat
(14¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Oddiy tilda
**Ma'rifiy faoliyat**
Nimani anglatadi
Ma'rifiy faoliyat — bu odamlarning aqliy, ruhiy va shaxsiy rivojlanishiga yordam beradigan darslar, treninglar, seminarlar va boshqa ta'lim shakllari. Bu davlat ta'lim dasturida bo'lmagan, lekin odamlarning ko'nikmalarini va bilimlarini oshiradigan faoliyatdir.
Kimga tegishli
Buni davlat organlari, mahalliy hokimiyat, xususiy shaxslar va tashkilotlar o'tkazishi mumkin.
Amalda
Masalan, bir xususiy kompaniya o'z xodimlariga liderlik va muloqot qobiliyatlarini o'rgatish uchun seminar o'tkazadi. Yoki jamoat tashkiloti yoshlarga kompyuter savodxonligini o'rgatadi. Lekin jinoyat sodir etgan yoki psixiatriya shifoxonasida turgan odamlar bunday faoliyatni o'tkazishi mumkin emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.