Oliy ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlaydi.
Oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o'rta (o'n bir yillik ta'lim), o'rta maxsus (to'qqiz yillik tayanch o'rta va ikki yillik o'rta maxsus ta'lim), boshlang'ich professional ta'lim (to'qqiz yillik tayanch o'rta va ikki yillik boshlang'ich professional ta'lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (to'qqiz yillik umumiy o'rta va uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) olgan shaxslar oliy ma'lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta'lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko'nikmalar beradigan, o'qish davomiyligi kamida uch yil bo'lgan tayanch oliy ta'limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo'yicha o'qish davomiyligi kamida bir yil bo'lgan oliy ta'limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo'lgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining ro'yxati ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni olish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn11-modda. Oliy ta'lim
(11-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Oliy ta'lim — universitetlar, akademiyalar va institutlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimi. Bu ta'lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat (kamida 3 yil) va magistratura (kamida 1 yil). Bakalavriatda chuqurlashtirilgan bilim, magistraturada esa aniq mutaxassislik bo'yicha o'qitiladi.
KIMGA TEGISHLI
Umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki boshlang'ich professional ta'lim olgan har bir shaxs oliy ta'lim olish huquqiga ega.
AMALDA
Maktabni tamomlagach, talaba universitetga bakalavriat yo'nalishiga kiradi va 3-4 yil o'qiydi. Keyin agar xohlasa, magistraturaga kirib, o'zining ixtisosini chuqurlashtirib, yana 1-2 yil o'qiydi. Qonun bo'yicha har bir kishi ikkinchi oliy diplom ham olish huquqiga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.