Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishlab chiqarish chiqimlariga mo'ljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan ko'proq oshib ketmaydigan miqdorda qo'llashga haqli.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan ko'proq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan e'tiboran ikki yil o'tgunga qadar tugatilgan taqdirda, qo'shimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi ko'payishi hisobiga qaytarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.