«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

40¹-modda. Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qo'llash

(40¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-288-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 16-сон, 162-модда)

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo'llaniladi. Bunda tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta'sir choralari faqat sud tartibida qo'llaniladi: faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish; faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno; banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; moliyaviy jazo choralarini qo'llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'lash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to'laganligi hollari mustasno; huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lgan muddatga to'xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.