«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

38-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektiga yetkazilgan zararning o'rni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'la hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qo'shib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi bo'lmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning o'rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin. Davlat organlarining, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati sub'yektiga yetkazilgan zararning o'rni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qat'i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati sub'yektiga yetkazilgan zararning o'rni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.