«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektining ishchanlik obro'sini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub'yekti o'z ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan ma'lumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli. Agar tadbirkorlik faoliyati sub'yektining ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo'lsa, bu ma'lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma'lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo'lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. Tadbirkorlik faoliyati sub'yekti o'zining ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan ma'lumotlar tarqatilganda, bunday ma'lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini va ma'naviy zarar uchun tovon to'lanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.