«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega. Byudjetdan tashqari fondlar mablag'laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin. Davlat tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.