Baliqlarning qimmatli turlarini hamda suv bilan bog'liq boshqa ov qilish ob'yektlarini saqlab qolish va urchitib ko'paytirish uchun alohida muhim ahamiyatga ega bo'lgan baliqchilik xo'jaligining suv havzalarida yoki ularning ayrim uchastkalarida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari baliqchilik xo'jaligi manfaatlarini ko'zlab cheklanishi mumkin.
Bunday suv havzalarining yoki ular uchastkalarining ro'yxati hamda suvdan foydalanishni cheklash turlari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari hamda suv xo'jaligi organlari tomonidan belgilanadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn99-modda. Baliqchilik xo'jaligi manfaatlarini ko'zlab suvdan foydalanishni cheklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.