Suv kodeksi

91-modda. Shifobaxsh suvlar toifasiga kiritilgan suv ob'yektlaridan birinchi navbatda davolash va kurort maqsadlarida foydalanish

Belgilangan tartibda shifobaxsh suvlar toifasiga kiritilgan suv ob'yektlaridan, eng avvalo, davolash va kurort maqsadlarida foydalaniladi. Suv xo'jaligi hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi, tog'-kon sanoati va geologiya organlari ayrim hollarda tegishliligiga ko'ra shifobaxsh suvlar toifasiga kiritilgan suv ob'yektlaridan sog'liqni saqlash organlari va sanatoriya-kurort boshqarmalari bilan kelishuvga ko'ra boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Shifobaxsh suvlar toifasiga kiritilgan suv ob'yektlariga suv tashlash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.