Suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan gidrotexnika inshootlari davlat mulki bo'lib, ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Davlat-xususiy sheriklik printsiplari asosida xususiy sektorga boshqarishga berilgan gidrotexnika inshootlari davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimda, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qarorlariga ko'ra qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilariga berilgan gidrotexnika inshootlaridan ular tomonidan belgilangan maqsadga ko'ra foydalaniladi.
Suvdan foydalanuvchilarning o'z mablag'lari hisobidan qurilgan gidrotexnika inshootlaridan ularning tegishliligi bo'yicha foydalaniladi.
Suv xo'jaligi organlari suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy asosda suv xo'jaligi ob'yektidagi gidrotexnika inshootlariga texnik xizmat ko'rsatishni amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn87-modda. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.