Ushbu Kodeks bilan suvdan foydalanishning quyidagi ustuvor yo'nalishlari belgilanadi:
ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari, shuningdek aholining davolanish ehtiyojlari;
sanitariya va ekologik maqsadlar;
sanoat, energetika va xizmatlar sohasi;
qishloq xo'jaligi, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik, shaxsiy tomorqa yer uchastkalari, bunda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarni suv bilan ta'minlash ustuvordir.
Suvdan foydalanishda gidroenergetikaning suv resurslariga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash ustuvorlik bo'yicha qishloq xo'jaligi ehtiyojlarini suv resurslari bilan ta'minlashga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn52-modda. Suvdan foydalanishning ustuvor yo'nalishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.