Suvga va suv ob'yektlariga doir yo'l qo'yiladigan cheklangan zararli ta'sirning normativlari yer usti va yer osti suvlarini ekologik, sanitariya, texnik hamda boshqa normalarga javob beradigan holatda saqlash uchun belgilangan talablarga, shuningdek suv va tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suvga va suv ob'yektlariga doir yo'l qo'yiladigan cheklangan ta'sirning normativlarini belgilashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
antropogen og'irlikning yo'l qo'yiladigan cheklangan darajasi uzoq vaqt ta'sir etishi suv ob'yekti ekotizimining o'zgarishiga olib kelmasligi kerak;
zararli moddalarning suv ob'yektiga va (yoki) uning suv to'planadigan maydoniga tushishi mumkin bo'lgan yo'l qo'yiladigan cheklangan massasi suv hamda suv ob'yekti holatining salbiy o'zgarishlariga olib kelmasligi kerak;
suv ob'yektlariga zararli moddalarning yo'l qo'yiladigan cheklangan oqizilishining belgilangan normativlarini oshirmaslik;
zararli ta'sirlar oqibatida suvda va suv ob'yektlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish bo'yicha oldindan choralar ko'rish;
suvning va suv ob'yektlarining holatini yomonlashtirishga olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa omillar.
Xo'jalik yurituvchi sub'yekt normativlar yo'qligi yoki ularning oshib ketishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn35-modda. Suvga va suv ob'yektlariga doir yo'l qo'yiladigan cheklangan zararli ta'sirning normativlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.