Suv kodeksi

31-modda. Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni rejalashtirish

Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish suv olish kvotasi va kutilayotgan suv ta'minoti prognozidan kelib chiqqan holda ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi. Kollektor-drenaj tarmog'i suvidan foydalanishni rejalashtirish yerlarning meliorativ holatini va kollektor-drenaj suvining sifatini, shuningdek suv ta'minoti darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchi o'ziga ajratilgan suv olish limiti doirasida suvdan foydalanish jadvalini ishlab chiqadi va uni tegishli suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.