Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi barcha vazirliklar, idoralar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo'jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta'sirining oldini olish va uni bartaraf etish majburiyatlarining, suv hisobi va hisobotini yuritish qoidalarining, shuningdek suv to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa qoidalarning bajarilishini ta'minlashdan iborat.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi o'z vakolatlari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.