Suv kodeksi

157-modda. Suvga doir munosabatlar sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy printsiplari va yo'nalishlari

O'zbekiston Respublikasi suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan printsiplari va normalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiradi. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasining suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligining asosiy yo'nalishlaridir: O'zbekiston Respublikasining suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarini bajarish; transchegaraviy suvlardan va suv ob'yektlaridan, shuningdek atrof-muhitdan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish; O'zbekiston Respublikasining suv xavfsizligini ta'minlash hamda mintaqaning suv resurslaridan va davlatlararo suv xo'jaligi ob'yektlaridan birgalikda foydalanish masalalari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish; Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlarining balansini ta'minlaydigan, mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarish bo'yicha o'zaro maqbul mexanizmlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.