Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa ob'yektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi texnologik jarayonlarni joriy etishda aholining sog'lig'ini saqlash hamda ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qanoatlantirish talablariga rioya etgan holda suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqova suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi ta'minlanishi kerak. Bunda suv ob'yektlaridan olinadigan va ularga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni ifloslanish, bulg'anish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli ta'sirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni sho'rlanishdan, zax bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni ta'minlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.
Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa ob'yektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalari suv ob'yektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn139-modda. Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa ob'yektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.