Suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari:
tuman ahamiyatga ega bo'lgan kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo'jaligi ob'yektlari, ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimlari bo'yicha — tuman hokimining qarorlari bilan;
viloyat (tumanlararo) ahamiyatiga ega bo'lgan daryolar, qurimaydigan soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimlari hamda boshqa suv xo'jaligi ob'yektlari bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida muhim ahamiyatga ega bo'lgan suv ob'yektlari, shuningdek mineral suvlar manbalari hamda respublika ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa davolash kurortlari va sanatoriylari bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Tarkibiga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sug'orilmaydigan toifadagi yerlardan tashkil topgan sohil bo'yi va sanitariya-himoya mintaqalari kiradigan suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan, tarkibiga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sug'oriladigan toifadagi yerlardan tashkil topgan sohil bo'yi va sanitariya-himoya mintaqalari kiradiganlari esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suvni muhofaza qilish zonalarining va sanitariya muhofazasi zonalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralari (hududlari) joyida (naturada) ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilanadi.
Loyiha tashkiloti tomonidan har bir suv ob'yektining suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari hududining pasporti qonunchilikda belgilangan shaklda tayyorlanadi.
Suvni muhofaza qilish zonasi yoki sanitariya muhofazasi zonasi hududining pasportida suv ob'yektining nomi, belgilangan zonalar (mintaqalar) va ushbu zonalardagi yerlardan foydalanish rejimi ko'rsatiladi. Pasportga belgilangan zonalar (mintaqalar) chegaralari (hududlari) tasvirlangan kartografik material ilova qilinadi.
Pasport mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan imzolanadi hamda xo'jalik faoliyati rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun davlat nazorati organlariga va boshqa manfaatdor organlarga yuboriladi.
Yerlardan foydalanish rejimiga, xo'jalik faoliyatini yuritishga va ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarga rioya etish majburiyati suvni muhofaza qilish zonalaridagi yerlardan foydalanuvchi yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning hamda yer ijarachilarining zimmasiga yuklatiladi.
Belgilangan rejimga rioya etilishi ustidan davlat nazorati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suv xo'jaligi ob'yektlari va ularning inshootlari ustidan nazorat, shuningdek ularni muhofaza qilish bo'yicha bevosita ob'yektlarning o'zida zarur chora-tadbirlarni ko'rish ushbu ob'yektlar tasarrufida bo'lgan tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn137-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarini va sanitariya muhofazasi zonalarini tasdiqlash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.