Suv kodeksi

132-modda. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti manbalarining sanitariya muhofazasi zonalari

Barcha ishlatilayotgan, loyihalashtirilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimlarining sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini ta'minlash maqsadida sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimi ob'yektlari atrofida tegishincha sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari, mineral suvlar va boshqa davolash vositalari atrofida esa sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi va ajratiladi. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti yer usti va yer osti manbalarining suv olish joyidagi sanitariya muhofazasi zonasi quyidagi uch mintaqadan iborat bo'ladi: birinchi mintaqa — qat'iy rejimli; ikkinchi va uchinchi mintaqa — xo'jalik faoliyati cheklangan rejimli. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minotining yer osti manbasi sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi mintaqasining chegarasi iqlimi o'zgargan hududlarga va yer osti suvlarining muhofaza qilinganligiga qarab, suv olish joyidan suvning bakteriologik ifloslanishi hamda tog' jinslarining suvli qatlami xususiyatlari hisobga olingan holda belgilanadi. Sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi va uchinchi mintaqasining chegaralari suvning kimyoviy va texnogen ifloslanishi hisobga olingan holda aniqlanadi. Suv saqlaydigan qatlamning infil'tratsion ta'minotida yer osti manbasi sanitariya muhofazasi zonasining ikkinchi va uchinchi mintaqalari suv ta'minoti yer usti manbasi ikkinchi va uchinchi mintaqalarining chegaralariga muvofiq ravishda qabul qilinishi kerak. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimi inshootlarining (nasos stantsiyalarining, suvni tayyorlash stantsiyalarining, sig'imlarning) sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqa chegaralaridan va uning atrofidagi sanitariya-himoya mintaqasidan (qo'riqlash zonasidan) iborat bo'lishi kerak. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti manbalarining sanitariya muhofazasi zonasi kengligi ushbu Kodeksning 126-moddasiga muvofiq belgilanadi. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimlari bo'ylab kengligi eng chekka suv quvurlaridan boshlanadigan sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi. Imoratlar qurilgan hududda sanitariya-epidemiologiya nazorati, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari bilan kelishuvga ko'ra, mintaqalar kengligining yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'lchamlarini kamaytirishga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.