Yer osti suvlaridan maqsadli foydalanilishi lozim. Guruhli suv olish orqali (bitta inshootda ikki va undan ortiq bir vaqtning o'zida foydalaniladigan burg'i quduqlari mavjud bo'lganda) yer osti chuchuk va tuzi kamroq suvlardan, shuningdek termal va mineral suvlardan foydalanishga tasdiqlangan ishlatilayotgan zaxiralar mavjud bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi. Yer osti suvlarining zaxiralari O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Yer osti suvlaridan turli ehtiyojlar uchun foydalanish O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi organlari tomonidan suv xo'jaligi organlari bilan birgalikda ularning yer usti suvlari bilan o'zaro bog'liqligi hisobga olingan holda tartibga solinadi.
Yer osti suvlaridan foydalanish suvdan maxsus foydalanish tartibi va shartlariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn123-modda. Yer osti suvlaridan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.