Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo'ladigan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo'pol ravishda buzilishi jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) uchun:
litsenziat uchun qonunchilikda taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
sug'urta polislarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik;
sug'urta faoliyatini amalga oshirish chog'ida olingan maxfiy axborotni sug'urta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
b) sug'urta brokerlari uchun:
mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan ma'lum bo'lgan sug'urta shartnomasini tuzish va bajarish;
sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish chog'ida olingan maxfiy axborotni mijozning ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
54-modda. Qo'pol qoidabuzarlik
(54-модда биринчи қисмининг «а» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.