«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

50-modda. Sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari

Davlat sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) mulkiy huquqlariga va boshqa huquqlariga hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini, sug'urta faoliyatini amalga oshirishdagi erkin raqobat sharoitlarini kafolatlaydi. Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) faoliyatiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan aralashish, agar bu sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) faoliyati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari bilan bog'liq bo'lmasa, taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.