«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

46-modda. Tugatilayotgan sug'urtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati

Tugatilayotgan sug'urtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sug'urtalovchining asosiy vazifalarini ta'minlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar to'langanidan keyin quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — hayotni sug'urta qilish sohasidagi majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta qildiruvchilarning talablari; ikkinchi navbatda — sug'urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha talablari; uchinchi navbatda — boshqa sug'urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari; to'rtinchi navbatda — byudjetga, byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlarni nazarda tutuvchi to'lov (ijro) hujjatlariga doir talablar. Ko'rsatilgan talablar to'liq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sug'urta bo'yicha talablar hamda jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha talablari qanoatlantiriladi; beshinchi navbatda — sug'urtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.