Sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori qonunchilikda belgilanadi.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) sug'urta tashkilotining muassislari tomonidan kiritilgan pul mablag'laridan tashkil topadi hamda milliy valyutada ifodalanadi.
Sug'urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag'lardan va boshqa jalb qilingan mablag'lardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish to'g'risida ariza beriladigan paytga qadar sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) ta'sischilari tomonidan shakllantirilgan bo'lishi kerak.
Sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) boshqa sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi, bundan sug'urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) o'zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
40-modda. Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) ustav fondi (ustav kapitali)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.