Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning), sug'urta brokerlarining hamda ular alohida bo'linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari, basharti ular ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiq bo'lsa, tayinlanadi.
Sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) va sug'urta brokeri nomzodning ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni nomzod vakolatli davlat organiga sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) va sug'urta brokerining, shuningdek ularning alohida bo'linmalarining rahbari yoki bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanguniga qadar taqdim etishi shart.
Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning), sug'urta brokerlarining hamda ular alohida bo'linmalari rahbarlarining va bosh buxgalterlarining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
35-modda. Umumiy talablar
(35-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.