Sug'urta qoidalari (bundan xalqaro sug'urta tizimlari doirasida qabul qilinadigan sug'urta qoidalari mustasno) sug'urtalovchi yoki sug'urtalovchilarning birlashmasi tomonidan qabul qilinadi hamda tasdiqlanadi va sug'urtaning asosiy qoidalarini o'z ichiga olishi kerak.
Sug'urtaning asosiy qoidalari quyidagi tushunchalarni o'z ichiga olishi kerak:
sug'urta sub'yektlari;
sug'urta ob'yektlari;
sug'urta hodisalari;
sug'urta tavakkalchiliklari;
sug'urta summasi, sug'urta tarifi va sug'urta mukofotini (sug'urta badallarini) aniqlash tartibi;
sug'urta shartnomalarini tuzish, bajarish va tugatish tartibi;
taraflarning huquq va majburiyatlari;
zararlarning yoki ziyonning miqdorini aniqlash tartibi;
sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) aniqlash tartibi;
sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) amalga oshirish muddatlari, shuningdek sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) rad etish asoslarining batafsil ro'yxati va boshqa qoidalar.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
30-modda. Sug'urta qoidalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.