Sug'urta qilish sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasida tuziladigan sug'urta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Sug'urta shartnomasi sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim bo'lib, sug'urta qildiruvchi unga muvofiq sug'urta mukofotini (sug'urta badalini) sug'urta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda to'laydi hamda sug'urta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sug'urtalovchi esa sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) yuz berganda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Sug'urta shartnomalarida franshiza nazarda tutilishi mumkin.
Franshiza ham sug'urta summasining foizlarida, ham muayyan summada belgilanishi mumkin hamda shartli va shartsiz franshizaga bo'linadi. Sug'urta shartnomasida franshizaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
Sug'urta shartnomasining yozma yoki elektron shaklini tuzishga doir talablarga rioya etmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.
Vakolatli davlat organi sug'urta shartnomasi shartlariga qo'yiladigan eng kam talablarni belgilash huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
29-modda. Sug'urta shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.