«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

26-modda. Assistans

(26-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Assistans sug'urta qildiruvchilarga (sug'urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug'urtalovchilarga sug'urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko'mak beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Assistans o'z faoliyatini sug'urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. Assistans o'z faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Assistansning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Assistans xizmatlariga sug'urta qildiruvchilarning (sug'urtalangan shaxslarning) ishtirokisiz faqat sug'urtalovchilar tomonidan haq to'lanadi. Assistans: sug'urtalovchi sifatida sug'urta va qayta sug'urta operatsiyalarini o'tkazishga; sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; sug'urtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.