Aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari ko'rsatiladigan sug'urtalovchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo'lgan axborot sug'urtalovchi va boshqa buyurtmachilar tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari ko'rsatishni rad etish;
boshqa aktuar tashkilotlarni va o'zga mutaxassislarni aktuar xizmatlari ko'rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb qilish.
Aktuar tashkilot qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Aktuar tashkilot:
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
aktuar xizmatlari ko'rsatish chog'ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchiliklari faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga ko'ra taqdim etishi shart.
Aktuar tashkilotning zimmasida qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
23-modda. Aktuar tashkilotning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.