Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
adjaster xizmatlari ko'rsatiladigan sug'urtalovchini, sug'urta qildiruvchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
sug'urta voqeasini (sug'urta hodisasini) o'rganish uchun sug'urtalovchidan, sug'urta qildiruvchidan va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni so'rash hamda olish;
sug'urta hodisasi yuz berganidan keyin sug'urta ob'yektini ko'zdan kechirish va tekshirish;
o'zi sug'urta ob'yektini sirtdan (zarur bo'lganda — texnika vositalarini qo'llagan holda) ko'zdan kechirganligi to'g'risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
sug'urta hodisasi ro'y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) miqdorini aniqlash uchun zarur bo'lgan tegishli axborotni va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so'rash va olish.
Adjaster qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Adjaster:
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug'urta hujjatlarining but saqlanishini ta'minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma'lumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sug'urta hodisasiga taalluqli ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish uchun choralar ko'rishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga ko'ra taqdim etishi shart.
Adjasterning zimmasida qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
21-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.