Sug'urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
sug'urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug'urtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sug'urta turlari bo'yicha ham vositachilik faoliyatini amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno
sug'urtaga qabul qilinayotgan sug'urta tavakkalchiligini baholashda, sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lashda va sug'urta qildiruvchining sug'urta mukofotini to'liq hajmda hamda sug'urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to'lashida zarur ko'mak ko'rsatish;
litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sug'urta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari to'g'risida, shuningdek sug'urtalovchining to'lovga qobiliyatliligiga va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko'rsatkichlar haqida sug'urtalovchidan ma'lumotlar olish;
sug'urta shartnomasi (sug'urta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
sug'urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to'g'risida sug'urtalovchiga to'liqroq axborot berish maqsadida hamma uchun ochiq bo'lgan manbalardan tavakkalchilik va sug'urta qildiruvchi haqida sug'urta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda ma'lumotlar to'plash.
Sug'urta agenti qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Sug'urta agenti:
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug'urta shartnomasini tuzish va sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash chog'ida hujjatlarni o'z vaqtida rasmiylashtirishga ko'maklashishi;
sug'urta tariflari, sug'urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug'urta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sug'urta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari to'g'risida, shuningdek sug'urtalovchining to'lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko'rsatkichlar haqida axborotga ega bo'lishi;
sug'urta shartnomasini rasmiylashtirish chog'ida sug'urta qildiruvchi to'g'risida zarur axborotga ega bo'lishi, unga sug'urta tavakkalchiligini pasaytirishga va sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi;
sug'urta qildiruvchilarning so'roviga ko'ra ularni sug'urtaning amaldagi shartlari to'g'risida xabardor qilishi;
sug'urta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga o'z vaqtida qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sug'urta shartnomalari va olingan sug'urta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sug'urta hujjatlarining but saqlanishini ta'minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma'lumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sug'urta shartnomasining amal qilish muddati ichida tavakkalchilik shartlari jiddiy ravishda o'zgarganligiga taalluqli axborot sug'urtalovchi tomonidan o'z vaqtida olinishini, shuningdek sug'urta e'tirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasida axborotning o'z vaqtida almashinishini ta'minlashi;
tegishli bitim mavjud bo'lgan taqdirda, sug'urtalovchining topshirig'iga ko'ra va uning hisobidan sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) to'lanishini tashkil etishi shart.
Sug'urta agentining zimmasida qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
19-modda. Sug'urta agentining huquq va majburiyatlari
(19-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.