Jismoniy shaxslarning ma'lum bir yoshgacha yoki muddatgacha yashashi yoxud jismoniy shaxslarning hayotida boshqa voqealar yuz berishi, shuningdek ularning o'limi bilan bog'liq mulkiy manfaatlar yoki jismoniy shaxslarning sog'lig'iga zarar yetkazilishi, shuningdek baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida ularning o'limi bilan bog'liq mulkiy manfaatlar hayotni sug'urta qilish ob'yektlari bo'lishi mumkin.
Tibbiy xizmatlar (tibbiy yordam, dori-darmonlar bilan ta'minlash) hamda boshqa xizmatlar tashkil etilishini va ko'rsatilishini talab etayotgan shaxs sog'lig'ining yoki holatining buzilishi oqibatida bunday xizmatlarni tashkil etish va ko'rsatish uchun, shuningdek shaxsning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan tahdidlar darajasini kamaytiradigan va (yoki) ularni bartaraf etadigan profilaktika tadbirlarini o'tkazish uchun haq to'lash bilan bog'liq mulkiy manfaatlar tibbiy sug'urta ob'yektlari bo'lishi mumkin.
Mol-mulkning yo'qotilishi (nobud bo'lishi), kamomadi yoki shikastlanishi tavakkalchiligi bilan bog'liq mulkiy manfaatlar mol-mulkni sug'urta qilish ob'yektlari bo'lishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchining (sug'urtalangan shaxsning) daromadlar ololmaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning kutilmagan xarajatlari yuzaga kelishi tavakkalchiligi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari mulkiy sug'urtada moliyaviy tavakkalchiliklarni sug'urta qilish ob'yektlari bo'lishi mumkin.
Tadbirkorning kontragentlari tomonidan o'z majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tadbirkorlik faoliyatidan zararlar yuzaga kelishi yoki tadbirkorga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra ushbu faoliyatning shartlari o'zgarishi tavakkalchiligi, shu jumladan kutilayotgan daromadlarni ololmaslik tavakkalchiligi bilan bog'liq mulkiy manfaatlar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug'urta qilish ob'yektlari bo'lishi mumkin.
Quyidagilar bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish ob'yektlari bo'lishi mumkin:
jismoniy shaxslarning hayotiga, sog'lig'iga yoki mol-mulkiga, yuridik shaxslarning, davlatning mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishi tavakkalchiligi;
shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishi tavakkalchiligi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
11-modda. Sug'urta ob'yektlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.