Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlash Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlashga doir ishlarni tashkil etish, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sudlar binolarini qurish va ta'mirlash uchun ajratilgan mablag'lar samarali sarflanishini ta'minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish;
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta'minotini yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlashning joriy holatini tizimli tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlashni rivojlantirishga doir uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash;
sudyalarning va sud protsesslarining xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
91-modda. Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.