«Sudlar to'g'risida»gi qonun

78-modda. Sudyaning vakolatlarini to'xtatib turish

Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay'ati qarori bilan quyidagi hollarda to'xtatib turiladi, agar: sudya o'z lavozimiga zid faoliyat bilan shug'ullanayotgan bo'lsa; sudyaga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan bo'lsa; sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'lsa; sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lsa; sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgan bo'lsa. Sudyaning vakolatlari ularni to'xtatib turishga sabab bo'lgan asoslar bekor bo'lgunga qadar to'xtatib turiladi. Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay'ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli. Sudyaning vakolatlari to'xtatib turilishi unga ish haqi to'lashni to'xtatishga yoki ish haqi miqdorini kamaytirishga, uning ta'minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo'lmaydi, bundan ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno. Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to'g'risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to'xtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay'ati tomonidan qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.